O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 17-bandiga asosan transport vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori lavozimiga avtotransport sohasi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi hamda mazkur nizomning 18-bandiga ko‘ra, avtomototransport vositalarining va shahar elektr vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan dars beruvchilar avtotransport sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishlari shartligi belgilab qo‘yilgan.
Shu sababli ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan talabgorlarni ma’lumotlari qaror talablariga mos bo‘lishi shart.
Izoh:
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 682-son Qonunining 41-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emasligi va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga asoslanib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nizomning 17-bandiga muvofiq, 2022-yil 20-iyul kuniga qadar eski tahrirdagi (2018-yil 31-maydagi) qaror talablariga asosan o‘quv tashkilotlariga ishga qabul qilingan haydovchi-yo‘riqchilarga tadbiq etilmaydi.